12.02.2025. Samarqand shahrida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etildi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi Jo‘shqin Ochilov ishtirok etishdi.
Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi yuzasidan Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Orifjon Ibragimov ish beruvchiga yuklatilgan vazifalar doirasida hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, texnikum kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sayfiddin Turdiev kasaba uyushmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha hisobot berdi.
Bundan tashqari, ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiya jamoa shartnomasining har bir bo‘limiga alohida to‘xtalib, uning ijrosi bo‘yicha to‘ldirilgan dalolatnoma bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Mazkur ma’lumotlarni komissiya raisi Suhrob Eshpo‘latov taqdim etdi.
Yig‘ilish davomida xodimlar jamoa shartnomasiga oid ko‘plab savollariga mas’ul shaxslardan javob oldilar.
So‘zga chiqqanlar tomonidan jamoa shartnomasining ijrosi qoniqarli deb topildi.