[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

29.03.2025. Samarqand viloyat hokimligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi hamkorligida kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida “Ananalar davom etadi” deb nomlangan “Aytishuv” teletanlov-konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R. Qobilov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri F. Toshev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S. Rafiqov ishtirok etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida Bekmurod Safarov va Azim Quvondiqov o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan konsert ishtirokchilariga bahoriy kayfiyat ulashdi.