14.01.2026. Joriy yilning 13 yanvar’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi I majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida Kengash a’zolari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, birlashgan qo‘mitalar, viloyat, tuman va shahar kengashlari, boshlang‘ich tashkilotlar raislari hamda viloyat kengashi apparati xodimlari ishtirok etdilar.
Majlisni viloyat Kengashi raisi M. Olimov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.
Majlis kun tartibiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashining 2025 yildagi faoliyati yakunlari va 2026 yildagi asosiy vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 oktyabr’ kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida belgilangan vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, Federatsiyaning 2021–2025 yillardagi faoliyati va milliy taraqqiyotning zamonaviy bosqichida kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2026–2028 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvining mazmun-mohiyati, Federatsiya faoliyatining 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlari, korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga doir mehnat qonunchiligi hamda boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar va chora-tadbirlar dasturlari belgilandi hamda majlis qarorlari qabul qilindi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский