[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

01.04.2026. Joriy yilning 31 mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi faollar zalida Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2023–2025 yillar uchun Hududiy jamoa kelishuvining 2025 yildagi ijrosi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha viloyat uch tomonlama komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda 2026–2028 yillar uchun yangi Hududiy jamoa kelishuvi imzolandi.

Ta’kidlanganidek, Hududiy jamoa kelishuvining ijrosini ta’minlash borasida 2025 yil davomida korxona va tashkilotlarda, shuningdek mahalliy davlat organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi va tahlil qilindi.

Xususan, munosib mehnat sharoitlari, ish haqi, dam olish vaqti, mehnatni muhofaza qilish hamda boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha mehnat sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga xulosalar berildi.

Hududiy jamoa kelishuvini amaliyotga tatbiq etish jarayonida o‘z yechimini kutayotgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi Hududiy jamoa kelishuvi Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida tuzildi.

Hududiy jamoa kelishuvida taraflar o‘z zimmalariga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga amal qilgan holda iqtisodiyotni, mahalliy ishlab chiqarishni hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, norma ijodkorligi jarayonlarida takliflar berib borish, xodimlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, mehnatga haq to‘lash, daromadlar va aholi turmush darajasini oshirish, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, mehnat xavfsizligi va gigienasi, ijtimoiy kafolatlar va himoya, madaniy-ma’rifiy ishlar, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratish, ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, shuningdek kelishuvni amalga oshirish mexanizmi va uning bajarilishi uchun javobgarlik bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmalariga oldilar.

Bugungi yig‘ilishda Hududiy jamoa kelishuvi ijrosini ta’minlash, unda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan qator vazifalardan kelib chiqqan holda takliflar bildirildi hamda ularning ijrosi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Uch tomonlama komissiya yig‘ilishining qarori tasdiqlandi va har bir majburiyatning bajarilishi, shuningdek kelgusi yil boshida hisobotlarni eshitish belgilandi.