06.07.2026. So‘nggi yillarda yurtimizda sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada sportning barcha yo‘nalishlari qatori suv sporti turlari ham izchil rivojlanib, mazkur yo‘nalishda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va suv sportini keng ommalashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-382-son Qarori suv sporti turlarini rivojlantirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli vazifalarni belgilab berdi.
Mazkur qarorga muvofiq har yili respublikamizda “World Aquatics Day” ommaviy sport tadbirlari va festivallarini o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan Angren shahridagi suzish havzasida Toshkent viloyati hokimligi, “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi hamda Toshkent viloyati Sport boshqarmasi hamkorligida suv sporti turlariga bag‘ishlangan “World Aquatics Day” ommaviy sport festivali tashkil etildi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar sportning, xususan, suv sporti turlarining inson salomatligini mustahkamlash, bolalarning jismoniy rivojlanishi va sog‘lom avlodni tarbiyalashdagi o‘rni haqida so‘z yuritib, yurtimizda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida ta’kidladilar.
Ommaviy sport festivali davomida ishtirokchilar uchun umumiy badantarbiya mashqlari, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, murabbiylar va yetakchi sportchilar ishtirokida mahorat darslari, suzish bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlar, estafeta bahslari hamda turli yosh toifalari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Festival yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский