14.07.2026. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi nishonlanishi arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya ostida Navoiy shahrida istiqomat qilayotgan bir guruh mehnat faxriylari va kasaba uyushmalari faollari uchun Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirildi.
Sayohat ishtirokchilari Samarqand shahridagi tarixiy va me’moriy obidalar bilan tanishar ekanlar, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bu muqaddas zaminda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy majmuasida tubdan qayta bunyod etilgan ziyoratgohning betakror va jozibador qiyofasi sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, ikki kunlik sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi betakror tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi. Ular uchun tayyorlangan dasturxon va madaniy dasturlar sayohatning yanada mazmunli va unutilmas o‘tishiga xizmat qildi.
Qisqacha aytganda, mustaqilligimizning ulug‘ va muqaddas bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur sayohat ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Ziyoratchilar o‘zlari uchun yaratilgan bunday bepul va beg‘araz sayohat uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский