[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

15.07.2026. Xitoy xalq Respublikasining Guanchjou shahrida Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro mahorat tanlovida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.

23 ta davlatdan 72 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur tanlov 3 ta yo‘nalishda, xususan, g‘isht terish, dronlarni yig‘ish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish hamda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini intellektual nazorat qilish va ekspluatasiya qilish yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Tanlovda O‘zbekiston delegasiyasi vakillari o‘z iqtidor va iste’dodlarini namoyish etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar. Xususan, uchuvchisiz uchish apparatlarini yig‘ish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ilmiy laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, muhandis Dilmurod Rustamov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yuqori kuchlanishli kabellardan aqlli foydalanish va tekshirish yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar hamyurtimiz munosib ishtirok etib, “Issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” filiali elektr sexi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ofur Xolnazarov 2-o‘rinni, Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali yuqori kuchlanish tarmoqlarini ekspluatasiya qilish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Abdullaev 3-o‘rinni egalladi.

G‘isht terish yo‘nalishi bo‘yicha ART DECO CONSTRUCTION kompaniyasining qurilish sifati bosh nazoratchisi Bunyodjon Daniqulov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Mahrat tanlovi davomida O‘zbekiston delegasiyasi vakillari horijiy mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar bilan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati