[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

11.09.2026. Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining rahbar va mas’ul xodimlari hamda tarmoq tizimidagi tashkilot va muassasalar ishchi-xodimlari, ish beruvchilar vakillari, mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etib o‘tish zarurki, “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” tanlovi Nizomida belgilangan mezonlarga to‘liq javob bergan, ekologik yo‘nalishda samarali ishlarni amalga oshirgan hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini keng tatbiq etgan munosib jamoalar saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.