[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

05.11.2024. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Malaka oshirish institutida “Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari sanoat kasaba uyushmalarining tajriba almashishi” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati boʻyicha byurosi (ASTRAV) va IndustriALL Global ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi boshchiligida hamkor tashkilotalar Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashlari tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, vazirlik va idoralar, Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston delegasiyalari, Respublika kengashlari mutaxassislari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining oʻrinbosari Baxtiyor Maxmadaliev hamda Oʻzbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjonova soʻzga chiqib kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan gapirib, xalqaro seminar ishiga omad tiladilar.

Seminar davomida ishtirokchilar IndustriALL Global ittifoqi (Global ittifoqi Bosh kotibi oʻrinbosari Kemal Ozkan), Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston davlatlarining turdosh kasaba uyushmalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir davomida jamoa shartnomalaridagi imtiyozlar, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi hamda xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratishga doir masalalar toʻxtalib oʻtildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugungi kunda kasaba uyushmalari ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim oʻrin tutmoqda. Ular xodimlarni shaxsiy va jamoaviy, ijtimoiy, mehnat, kasbiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda salmoqli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Ishtirokchilar seminar yakunida tashkilotchilarga oʻzaro fikrlashish va tajriba almashish, sohaga oid masalalar va muammolar haqida batafsil suhbatlashish va ularni hal etish yoʻllarini belgilab olish uchun seminarni a’lo darajada tashkil etganliklari uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi
Facebook
Twitter