[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

05.11.2024. “11 noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi “ADM-Jizzakh” MChJda ishchi hodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xakulov Axmadjon Maxmudovich hamda Respublika Kengashining Samarqand (Jizzax) viloyati Kengash raisi Mirzaev Olimxon Absamatovich ishtirok etib, ishchi- hodimlarning xolidan xabar olishdi hamda ularni muammo va takliflarini eshitib, ish beruvchi bilan muammolarini bartaraf etishga kelishishdi.

Shuningdek, hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda ishlab chiqarishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

 

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq, “11 noyabr’ O‘zbekistonda kasaba uyushmalari” kuni sifatida rasmiy belgilangan ta’kidlanib, ushbu sana munosabati bilan “ADM-Jizzakh” MChJda fidoyi, mehnatkash ishchi hodimlar taqdirlandi.

Eng faol kasaba uyushmasi a’zolari O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sovg‘a va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.