07.11.2024. 11-noyabr-“Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning yangi kasaba uyushmalari un kunligi” shiori ostida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi tasarrufidagi Viloyat xokimligida “11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi M.Norova soʻz olib davra suhbati qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbir ishtirokchilariga hamda kasaba uyushma faollaridan bir guruhi namunali tarzda hamkorlikda olib borayotgan ishlari uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.