[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

29.11.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i, rais o‘rinbosari Q.Qirg‘izaliev, Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Bosh mehnat texnik inspektori D.Tuychievlar hududiy mehnat huquq va texnik inspektorlari bilan birgalikda, Federatsiyaning 2024 yil II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlariga a’zo Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi tashkilotlarda jamoatchilik nazoratini davom etkazmoqda.

Jamoatchilik nazorati “UZMINDA” va “UZERAECABLE” MChJ Qo‘shma korxonalari, “UZAUTO TRAILER” MChJ, “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” kompaniyasi, “Samplastservis”, “Samarqand Polimer”, “SPS RUBBER”, “Samarqand Avtosavdo” MChJlarda o‘tkazildi.

-ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, bekor qilish, intizomiy jazo choralarini qo‘llashda, jazo chorasini olib tashlashda, mehnat ta’tillar jadvali har yili ishlab chiqilishi va shu asosda xodimlar mehnat ta’tiliga yuborish, ish haqlari va jamoa shartnomalarida belgilangan ustamalarni o‘z vaqtida berishda amaldagi qonun talablariga rioya qilish;

-ish beruvchilar, o‘rinbosarlar, muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar, ishchi xodimlar belgilangan muddat va tartibda mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘qitilib, attestasiyadan o‘tkazish;

-ish o‘rinlari mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning xavfliligi yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish;

-ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qonun talabi bo‘yicha xodimlarni har yili sug‘urta qilish;

-ishchi va xizmatchi xodimlar vaqtida maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi va ushbu himoya vositalarida ishlashlari;

-elektr asbob-uskunalar yerga ulash xavfsizlik nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va tegishli tartibda bayonnomalashtirish, joylarda ogohlantiruvchi yozuvlar, belgilar bo‘lishi;

-asbob-uskunalar, transport vositalari vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirish;

-uchastka va ob’ektlarda xavfsizlik tenikasi burchaklari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish aptechkalari tashkil etilishi;

-xodimlar ishga qabul qilinishida dastlabki, ish davomida vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishda chiqimdor bo‘lmasligi;

-xodimlar uchun dam olish, yuvinish-echinish, ayollar gigiena xonalari tashkil etish borasida tegishlicha mas’ullarga tushuntirish ishlari olib borilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘rganishda aniqlangan xato-kamchiliklarni birinchi navbatda joyida bartaraf etishga qaratildi. Muddat talab etiladigan kamchiliklar bo‘yicha tashkilot rahbarlariga bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Jarayonda tashkilotlarning ishchi va xizmatchi xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, xodimlardan mehnatga oid munosabatlar hamda mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlar yuzasidan muammo va takliflari tinglandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat nspeksiyasi