[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

02.12.2024. Yolg‘iz onaman. Nogironligi bor farzandim bilan yashayman. Oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida o‘qiyapman. Ishlash imkoniyatim yo‘qligi uchun shartnoma pullarini vaqtida to‘lay olmadim. Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasiga, viloyat hokimining o‘rinbosariga va qator mutasaddi tashkilotlarga yordam so‘rab, ko‘p bora murojaat qildim. Lekin natijasi ko‘rinmadi. Uzoq vaqt sarson bo‘ldim. Hali u, hali bu tashkilotlar eshigi oldida sarg‘ayib umrim o‘tdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar muammolari bo‘yicha 1211 raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishimni aytishgach…

Yaxshi niyat bilan sim qoqdim. Hech qancha vaqt o‘tmay kontrakt to‘lovimga 2 million so‘m yordam qilishdi. Boz ustiga, trikotaj fabrikasiga ishga yo‘llanma berishdi. Shundan keyingina yolg‘iz emasligimni his qildim. Ko‘nglim yorishdi. Bu hayotga ishonch bilan qarashga, astoydil tirishib ishlashimga ruhlantirdi.

Avvalo, men kabi turmush tashvishlari girdobiga tushib qolgan yolg‘iz onalarga suyanch bo‘layotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar muammolari bo‘yicha shug‘ullanayotgan mutasaddilariga rahmatlarimni bildirmoqchiman. Olis manzilda turib ham, uzoq vaqtdan beri o‘ylantirayotgan muammolarimni o‘zlariniki kabi yaqin olishganidan boshim osmonga yetdi. Ko‘ngillariga yaqin olib, tashvishimni aritgan insonlar daldasi tufayli hayotimga o‘zgacha mazmun kirdi.

Durdona Mahkamova