03.12.2024. Mamlakatimizda har yili 3 dekabr’ – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iboratdir.
Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan “3 dekabr’ – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni” munosabati viloyat kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassalarda faoliyat olib borayotgan nogironligi bo‘lgan 219 nafar shaxslar va nogironligi bo‘lgan 16 nafar bolalarga madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etgan holda moddiy yordam va esdalik sovg‘alari topshirildi
Bundan tashqari, turli sohalarda faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan 57 nafar kasaba uyushma faxriylarining xonadonlariga borgan holda ularning xolidan xabar olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internati, Samarqand tumanidagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda 61-sonli eshitishida nuqsoni bor bolalar internatida madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Brayl alifbosidagi axborot resurs markazining 11 nafar xodimlariga kasaba uyushmalarining esdalik sovg‘alari topshirildi.