03.12.2024. 3-dekabr “Nogironlar kuni” munosabati bilan “Bizni mehr birlashtiradi”, “Siz bizga keraksiz!” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan tasdiqlangan dastur hamda mamlakatimizda yaratilgan kuchli ijtimoiy himoya poydevori asosida hukumatimiz tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan aniq va maqsadli choralarni amalga oshirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan aloxida e’tiborga muhtoj ishlovchi xodimlar va fuqarolarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga berilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida 2024 yilning 3 dekabr kuni Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining katta majlislar zalida “Bizni mehr birlashtiradi”, “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi kengashi hamda Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tasarrufdagi tashkilot va muassasalarda ishlab kelayotgan 60 nafar nogironligi bor ishlovchi xodimlar hamda 3, 10, 11, 13, 14, 15, 17, 18, 20, 24, 29, 36, 40, 43, 50, 100-sonli umumta’lim maktablaridagi yakka tartibda ta’lim olayotgan nogironligi bor 19 nafar o‘quvchilarga kasaba uyushmasi qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
Shu kuni Namangan shahridagi 100-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham turli mavzularda tadbirlar tashkil etildi nogironligi bor xodimlar va o‘quvchi yoshlarga sovg‘alar berildi, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi, inklyuziv ta’lim oladigan o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchi pedagoglar bilan muloqot qilindi.