[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

06.12.2024. Mamlakatimiz va xalqimizning buguni va ertasini belgilab beradigan, jamiyatda inson huquq va manfaatlarini, erkinligini kafolatlaydigan asosiy qonun qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan, “8 dekabr’  – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni”ning 32 yilligi munosabati bilan viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalar mehnat jamoalarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – erkin va farovon hayot garovi”, “Konstitusiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati”, “Inson huquqlari – qonun himoyasida”, “Konstitusiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda “Konstitusiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” shiori ostida mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga ishchi-xodimlarning sayohatlarini tashkil etildi.

Xususan, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat tarmoq tizimidagi tashkilot va muassasalarda “Konstitusiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida davra suhbati va madaniy tadbir  o‘tkazilib, bayram munosabati bilan 42 nafar xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi muassasalarda “Konstitusiya erkin va farovon hayot garovi”, “Konstitusiya -kelajak poydevori”, “Inson huquqlari – qonun himoyasida”, “Konstitusiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan tizimda ko‘p yillar ishlab xozirda nafaqada bo‘lgan 86 nafar faxriy ustozlarning holidan xabar olindi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tizimidagi  Samarqand davlat tibbiyot universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan universitet talabalari o‘rtasida “Mening Konstitusiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitusiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktantlar tashkil etildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali va markaz kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intelektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu inteluktual o‘yinda 108 nafar ishchi-xodimlardan iborat 18 ta jamoa bellashdilar.