[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

25.12.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o‘g‘li rahbarligidagi delegasiya vakillarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari va tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining mas’ul xodimlari, onlayn rejimda barcha hududlardagi kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasida tarixdan yaqin do‘stona va aka ukachilik munosabatlari bo‘lgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning siyosiy irodasi, oliy darajadagi o‘zaro tashriflari, samimiy muloqotlari va birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida oxirgi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, ushbu hamkorlik ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan ushbu qardoshlik aloqalari ikki mamlakat kasaba uyushmalarining samarali hamkorlik qilishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda mehmonlarga so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli yangilanish va tub islohotlar ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etib, salmoqli natijalarga erishilayotgani, shuningdek, 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi, 14 ta hududiy Kengash, 40 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlardagi 7 millionlik a’zoni birlashtirgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – ikki mamlakat kasaba uyushmalarining o‘zaro tajriba almashishi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Kasaba uyushmalari Mehnat inspeksiyasining qayta tiklangani natijasida xodimlarning mehnat huquqlari himoyasi samaradorligi sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, birgina 2024 yilda amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati va murojaatlarni o‘rganish natijasida 106 mingdan ortiq xodimning mehnat huquqlari tiklanishiga hamda ular foydasiga 108 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berilishiga erishildi.

Shuni ham qayd etish zarurki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha imzolangan Bosh jamoa kelishuvi asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur hujjat asosan 102 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuvlar, 600 dan ortiq hududiy-tarmoq jamoa kelishuvlari va 117 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda va ular orqali mehnatkash manfaatlari himoyalab kelinmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o‘g‘li rahbarligidagi delegasiya vakillarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari va tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining mas’ul xodimlari, onlayn rejimda barcha hududlardagi kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasida tarixdan yaqin do‘stona va aka ukachilik munosabatlari bo‘lgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning siyosiy irodasi, oliy darajadagi o‘zaro tashriflari, samimiy muloqotlari va birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida oxirgi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, ushbu hamkorlik ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan ushbu qardoshlik aloqalari ikki mamlakat kasaba uyushmalarining samarali hamkorlik qilishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda mehmonlarga so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli yangilanish va tub islohotlar ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etib, salmoqli natijalarga erishilayotgani, shuningdek, 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi, 14 ta hududiy Kengash, 40 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlardagi 7 millionlik a’zoni birlashtirgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – ikki mamlakat kasaba uyushmalarining o‘zaro tajriba almashishi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Kasaba uyushmalari Mehnat inspeksiyasining qayta tiklangani natijasida xodimlarning mehnat huquqlari himoyasi samaradorligi sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, birgina 2024 yilda amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati va murojaatlarni o‘rganish natijasida 106 mingdan ortiq xodimning mehnat huquqlari tiklanishiga hamda ular foydasiga 108 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berilishiga erishildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturini amalga oshirish va aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari soni va sifati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda va ish topishda qiynalayotgan kishilarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Respublikamizning barcha hududlarida chuqur tahlilga asoslangan holda mehnat muhofazasi holatini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektordagi korxona va muassasalar xodimlarini kasaba uyushmalariga jalb etish borasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 2024 yilda kasaba uyushmalari a’zoligiga 37 mingdan ortiq korxona va tashkilotda mehnat qilayotgan 1 milliondan ortiq xodim jalb etilib, ijtimoiy himoya tadbirlari bilan qamrab olindi.

O‘z navbatida Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o‘g‘li O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Yangi O‘zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida samarali ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqot yo‘lga qo‘yilgani, buning natijasida mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida salmoqli natijalarga erishilayotgani, bu borada Qirg‘iziston kasaba uyushmalarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatidan o‘rganadigan jihatlari ko‘p ekanligini e’tirof etdi.

Erkin tajriba almashuv ruhida o‘tgan uchrashuvda Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, konstruktiv takliflarni ilgari surdilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv imzolandi. Mazkur Kelishuv nafaqat ikki mamlakat kasaba uyushmalari Federatsiyalari, balki, tarmoq, hududiy va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Ikki mamlakat kasaba uyushmalari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga hamda kasaba uyushmalarining mehnatkashlar manfaati yo‘lidagi hamkorligini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde o‘g‘li O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti bilan taqdirlandi.

Kunning ikkinchi yarmida Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kool markazi, Yuridik klinikasi, Menat inspeksiyasi, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, Mehnat muhofazasi kabi bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi va muzeyiga tashrif buyurgan delegasiya vakillariga ushbu muassasalar faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tashrifning ikkinchi kuni Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi a’zolari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” hamda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” majmui bilan tanishib, Matonat madhi memoriali va Mustaqillik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Shundan so‘ng mehmonlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida bo‘ldilar. Mazkur oliy ta’lim muassasasida delegasiya a’zolari ta’lim tizimi, mavjud yo‘nalishlar, ushbu maskanda talabalar va o‘qituvchi-professorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mehnat munosabatlari sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanuvchi mazkur Akademiya Qirg‘izistonlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ilg‘or uslub va texnologiyalarni tatbiq etgan holda yuqori darajada tashkil etilgan o‘quv sharoitlari bilan tanishish jarayonida mazkur juda muhim yo‘nalishda hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Muhabbat O‘rmonbekova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari