09.01.2025. Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Toshkent viloyatining Olmaliq shahar 6-son alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan maktab tarbiyalanuvchilarining va tarmoq tizimidagi yana bir korxona “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan tayanch-harakat a’zolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 34-sonli maktab internat tarbiyalanuvchilarining Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Turkiston” saroyida tashkil etilgan Yangi yil bayram shou dasturida qatnashishlari uchun beg‘araz chiptalar taqdim etildi. Bolajonlar shou dasturi davomida ertak qahramonlari ishtirokida ajoyib sarguzashtlarni tomosha qilib, beg‘ubor yuraklari bir olam zavqqa to‘ldi.
Yangi yil bayram tadbirlari tarmoq tizimidagi boshqa korxonalarda ham yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Xodimlarning farzandlariga bayram sovg‘alari taqdim etildi va bayram tadbirlariga chiptalar olib berildi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi