14.01.2025. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish ishlarida tizimli ishtirok etish, kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 13-yanvar kuni, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi binosida, kasaba uyushmalari Samarqand viloyat kengashi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, hamkorlikni davom ettirish maqsadida memorandum imzolandi.
Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan memorandumga ilova sifatida 2025-yil uchun mo‘ljallangan 8 bo‘lim 29 banddan iborat tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Unga k’ora, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish.
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarini targ‘ib qilish orqali tizim xodimlarida vatanparvarlik, faol fuqarolik pozisiyasi va daxldorlik hissini kuchaytirish.
“Ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!” tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tizim oldida turgan vazifalar.
Kasaba uyushmalarining sohaviy o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish, tizimdagi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish, intilish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish, Davlat tiliga bo‘lgan hurmat va mas’uliyatni oshirish.
Mamlakatimizda keng nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari munosabati bilan korxona va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish.
Korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini mustahkamlash, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili ostida turli ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
Kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish belgilab olindi.