21.01.2025. O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tarmoq tizimidagi kasaba uyushmasi tashkilotlari hamda sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari uchun hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Seminarlarda ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish, nomzodlarni saylash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish, sanoq komissiyasi a’zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar savol-javoblarga boy bo‘lib o‘tdi, bu uning ahamiyatliligini yanada oshirdi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский