22.01.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi katta majlislar zalida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “2025 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari va konferensiyalarini o‘tkazish tartibi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda kasaba uyushma tashkilotlarining 2025 yildagi hisobot-saylov jarayonlarini o‘tkazish tartiblari, bu jarayonlardagi qonunchilik asoslari, tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yig‘ilishlarni samarali o‘tkazish va demokratik tamoyillarga rioya etish bo‘yicha amaliyotlar muhokama qilindi.
Tadbirda kasaba uyushmalari faoliyatida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi asosiy yo‘nalishlar, shuningdek, kasaba uyushmalari bilan hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamjihatlik masalalariga alohida urg‘u berildi.
Seminarda viloyatning barcha hududlaridan kasaba uyushma yetakchilari, davlat tashkilotlari kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi. Ularning fikr almashuvlari, savol-javoblari va amaliy misollar asosida o‘tkazilgan muhokamalar tadbirga yanada samaradorlik bag‘ishladi.