23.01.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi va davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tomonidan Kasaba uyushmalari tashkilotlarda hisobot saylov yig‘ilishlarini yuqori saviyada o‘tkazilishiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman va shahar kegashi, yirik boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari ishtirok etdi.
Seminarda viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom” asosida boshlanng‘ich tashkilotlarda fevral-aprel oylarida hisobot saylov yig‘ilishlarini namunali o‘tkazilishi yuzasidan batafsil tushunchalar berdi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mukammal javoblar olishdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati