[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.01.2025. 2025 yil 24 yanvarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Buxoro viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi va boshqa bir qator davlat organlari vakillari, shuningdek, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, tashkilot va muassasalar huquqshunoslari, tadbirkorlik sub’ektlari va kasaba uyushmasi xodimlari ishtirok etdi. Seminar “Buxoro viloyatida mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat nizolariga sabab bo‘layotgan holatlarni tahlil qilish, ushbu nizolarni adolatli hal qilish va kelgusida oldini olish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash” mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminarni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi raisi M. Olimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida mehnat nizolari bo‘yicha sud amaliyoti, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudlov sud’yasi I. Toshov va viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Sh. Radjabov o‘z ma’ruzalarida mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda bekor qilishning huquqiy oqibatlari hamda mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Qayd etilganidek, Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2024 yil davomida mehnat munosabatlariga oid jami 829 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yildagi 615 ta ishga nisbatan 214 taga yoki 25,8 foizga oshgan.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati