[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.01.2025. O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan issiqlik elektr stansiyalari tizimidagi birlashgan va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitalarida hisobot-saylov konferensiyasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda tizim korxonalaridagi boshlang‘ich Kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida tinglovchilarga hisobot-saylovlarning o‘tkazilish tartibi, unda ishchi-xodimlarning ishtiroki, mazkur jarayonda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bajariladigan ishlar hususida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

O’quv seminari so’ngida kasaba uyushma qo’mitalari raislari bilan savol-javoblar o’tkazildi va ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.