24.01.2025. Joriy yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi katta majlislar zalida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashidan D.Xashimova, viloyat kengashi rais urinbosari K.Bekchanov, viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri K.Masharipov hamda tarmoq rahbari Ya.Egamov ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.