24.01.2025. Bulung‘ur tumanining olis hududi “F. Yuldosh” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi, viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi hamda tuman hokimligi hamkorligida “Kasaba uyushmalarining 120 yilligi”, Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sog‘liqni saqlash xodimlar kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi F. Xanapiyaev, viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Abdusaidov, viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari D. Toshboev, tuman hokimi S. Astonov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini tabriklashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va sohada bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritishdi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodiyotidan gazallar o‘qildi.
Tadbir ishtirokchilariga viloyat kengashi va tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, viloyat kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan sayohatlarda ishtirok etish uchun sertifikatlar taqdim etildi.