[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

27.01.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Farg‘onaazot” AJning majlislar zalida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiya va yig‘ilishlarni belgilangan tartibda va yuqori kayfiyatda o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminar video-konferens aloqa shaklida tashkil etildi. Unda ma’ruzachi sifatida Respublika kengashi mutaxassislari N.Muzapparova, B.Quvatov, Sh.Rixsiboev hamda tarmoq tizimidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ, “Qo‘qon biokimyo” AJ, “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK, “Andijon biokimyo” AJ, “Biokimyo” AJ kabi ko‘p sonli kasaba uyushmasi a’zolarini birlashtirgan korxonalarning kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari va sex kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari ishtirok etdilar.

Seminarda so‘zga chiqqanlar hisobot-saylov konferensiyalari va yig‘ilishlarni o‘tkazish tartib qoidalari haqida gapirib, bunda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladilar.

Shuni alohida qayd etish kerakki, hisobot-saylov konferensiyalari boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega jarayondir. Xususan, hisobot-saylovda kasaba uyushmasi tashkilotining o‘tgan besh yil davomida erishgan natijalari, shuningdek, faoliyatni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar yana bir bor ko‘rib chiqiladi. Shundan kelib chiqib, kelgusi rejalar belgilab olinadi. Shuni inobatga olgan holda, har bir kasaba uyushmasi tashkiloti raisi hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazishga jiddiy ahamiyat qaratishi, o‘z saylovchilari oldida amalga oshirgan ishlarini aniq raqamlarda ko‘rsatib berishi va ularning bildirgan ishonchini oqlashi zarur.

Hisobot-saylovlarni o‘tkazishda hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmasi ustaviga hamda tizimda amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etish ta’minlanishi muhimdir.

Seminarda shu kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilib, faollar bilan bo‘lgan o‘zaro savol-javoblarda har bir masalaga mutaxassislar tomonidan yanada aniqlik kiritildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi