[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

27.01.2025. Bu yil kasaba uyushmalari hayotida muhim davr, ya’ni so‘nggi 5 yillik faoliyat sarhisob qilinadi. Barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinadi, faoliyatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarga urg‘u beriladi va ustuvor vazifalar belgilab olinadi.

Joriy yilning 24 yanvar’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat kengashi kichik majlislar zalida O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirokida hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazishga hamda jamoa shartnomalari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi S. Sayfullaev va viloyat kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri, tarmoq mas’ul tashkilotchisi B. Mirzaev ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.