29.01.2025. 2025 yilning 28 yanvar’ kuni O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi tasarrufidagi tashkilot va muassasalar kasaba uyushma raislari va faollari ishtirokida Nurafshon shaxrida Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi majlislar zalida 2025 yilda o‘tadigan hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Yig‘ilishni tarmoq Toshkent viloyat Kengashi raisi J.X. Alikulov ochib, tarmoq viloyat kasaba uyushma Kengashining 2024 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot berdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassisi D.Xoshimova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidovlar so‘zga chiqib, hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish tartiblari bo‘yicha tushuntirish berdilar.
Ishtirokchilarga boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar va qo‘llanmalar tarqatildi. Xisobot-saylovlar bo‘yicha savollarga tegishli javoblar berildi.