[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

31.01.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashida “Ayollar daftari”ning oltinchi bosqichi bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yurtimizda olti yildan buyon og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallalarda “Ayollar daftari” yo‘lga qo‘yilgani mahallalardagi kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, hayotning turli sinovlari tufayli qiynalib qolgan yurtdoshlarimizga davlat tomonidan ko‘mak berish, ularning hayotini izga tushirishda muhim rol o‘ynayotganini alohida ta’kidladilar. Xonadonbay o‘rganish asosida shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga davlat mablag‘lari hamda mahalliy hokimliklar hisobidan yordam ko‘rsatilishi, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratilishi qayd etildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, “Ayollar daftari”ning avvalgi bosqichlarida ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni ro‘yxatga kiritish uchun bir necha tashkilotlar xodimlaridan tarkib topgan Ishchi guruhlar yil boshida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlarini olib borgan bo‘lsa, endilikda bu ishni “mahalla yettiligi” tegishli sektor vakillari bilan birgalikda amalga oshirmoqda. Yettilik tarkibida aholining turmush darajasini o‘rganish imkoniyatiga ega tegishli sohalar vakillari faoliyat olib bormoqda. Jizzax viloyatida ro‘yxatni shakllantirish ishlari 5 yanvardan boshlanib, 30 yanvargacha davom etdi. Ushbu jarayon bo‘yicha kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shuningdek yig‘ilishning 2-qismida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish” mavzuidagi o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda mazkur muhim jarayonga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish, yig‘ilish va konferensiyalarni olib borish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari va dublyorlar to‘g‘risida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Kobiljon Qirgizaliev batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati