[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

03.02.2025. Jamiyatimizda kasaba uyushmalari allaqachon eng yirik fuqarolik jamiyati institutlaridan biri bo‘lib ulgurdi. Uning o‘rni nafaqat mehnat jamoasida, balki har bir oilada ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, bu esa o‘z-o‘zidan emas.

Kasaba uyushmalari Ustavlarida ularning saylab qo‘yiladigan organlarining besh yillik vakolat muddati 2025 yilda yakunlanishi munosabati bilan joriy yil kasaba uyushmalarida saylovlar yili ekanligi barchamizga ma’lum.

Shu munosabat bilan o‘zining keyingi besh yillik mehnat faoliyatiga befarq bo‘lmagan mehnat jamoalarida kasaba uyushmasi tashkilotlarining hisobot-yig‘ilishlari boshlandi.
Jumladan, Jizzax shahridagi 22-sonli, Guliston shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari zalida yig‘ilgan mehnat jamoasi vakolat muddati tugab borayotgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotini eshitish, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolarini saylash, yuqori kasaba uyushmasi tashkilotiga delegat saylash maqsadida yig‘ildi.

Bu ikki mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya etgan holda tashkil etilib, saylanma organlarga muqobillik asosida saylovlar o‘tkazildi.

Xususan, Jizzax shahridagi 22-sonli maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga ikki nafar nomzoddan Feruza Pardaeva, Guliston shahridagi 9-sonli maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga uch nafar nomzoddan Julbekova Saodat yig‘ilish ishtirokchilarining ko‘pchilik ovozini olib kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandilar.
Yig‘ilishda kasaba uyushmasi respublika va viloyat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etib, kasaba uyushmasi organiga saylangan vakillar va ish beruvchining kelgusidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlariga zafarlar tiladi.

Mehnatkashlarning ko‘pchilik ovozi bilan saylangan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi kelgusida albatta xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, ularning ishonchini oqlaydi. Ijtimoiy himoyalangan, huquqlari ta’minlangan xodimning ishida unum va samara bo‘ladi, ishdan so‘ng oilasiga ko‘ngli xotirjam boradi.