[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

03.02.2025. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand tuman bo‘linmasi kengashi tizimidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yil ijrosi yuzasidan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda maktab direktori Shukurova Dildora va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sadoqat Radjabovaning hisobotlari eshitilib, jamoa shartnomasi ijrosini nazorat qiluvchi komissiyasining Dalolatnomasi bilan tanishildi.

Yig‘ilish qarori bilan jamoa shartnomasining 2024 yil ijrosi “qoniqarli” deb baxolandi.

Jamoa shartnomasi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish tugatilib tanaffus e’lon qilindi va tanaffusdan keyin 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining “hisobot-saylov yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrda olib borilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti tinglandi. Yig‘ilish qarori bilan qo‘mitaning faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi saylovi muqobillik asosida o‘tkazildi va ko‘pchilik ovoz bilan Sadoqat Radjabova 1-umumta’lim maktabining boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.