[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

04.02.2025. Joriy yilning 3 fevral’ kuni Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi majlislar zalida ushbu boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkilotning mehnat jamoasi vakolat muddati tugab borayotgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotini eshitish, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolarini saylash maqsadida o‘tkazildi.

Bu mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya etgan holda tashkil etildi va saylanma organlarga muqobillik asosida saylovlar o‘tkazildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi so‘ngida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi”ga bag‘ishlangan “Ma’naviyat soati” ham o‘tkazildi.