06.02.2025. O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti prorektori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi 2024-yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha hisobot bilan ishtirok etdi. Shuningdek, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi.
Shuningdek, bir oz tanaffusdan so‘ng institut kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, qo‘mita a’zolari va shahar konferensiyasiga delegatlarni saylash kabi muhim tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi xodimi J.T. Suvanov so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusida kasaba uyushmalari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar asosida kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.