06.02.2025. Bugun “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi apparati xodimlari va Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan axborotlar berilib, muhokamalardan so‘ng qarorlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng, hisobot-saylov yig‘ilishi (konferensiyasi)ni yuqori saviyada o‘tkazishga doir ustuvor vazifalar yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashkiliy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi I. Kamolov yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berib o‘tdi.