10.02.2025. Samarqand Xalqaro Texnologiya Universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalqaro Texnologiya Universiteti rektori Yusuf Abdullaev, universitetning 200 nafar xodimi hamda talabalari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi mas’ul xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida ta’kidlab, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi.
Tadbirda oliygohda kasbiy va ijodiy faoliyati orqali yutuqlarga erishib kelayotgan, o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir qator professor-o‘qituvchilarga kasaba uyushmalari viloyat kengashi tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari hamda 2025 yil davomida Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohatlarda ishtirok etish uchun sertifikatlar topshirildi.