[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

10.02.2025. Joriy yilning 7 fevral kuni Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat birlashgan qo‘mitasining V-Majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda birlashgan qo‘mita raisi Dilovar Sa’dullayeva va viloyatdagi tarmoq tizimiga daxldor boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirildi. O‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish doirasida bu yil bo‘lib o‘tadigan hisobot-saylovlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga doir tushunchalar berib o‘tildi. Qatnashchilarga hisobot konferentsiyalari o‘tkazishga doir qo‘llanma va atributlar tarqatildi.