[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. Joriy yilning 12 fevral’ kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika kengashi raisi o‘rinbosari O. Ismoilov, korxona direktori o‘rinbosari E. Suyunov hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etdi.

Konferensiya O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Bosh kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida tashkil etildi.

Yig‘ilishda dastlab, kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan faoliyati yuzasidan qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Muhokamalar davomida qo‘mita faoliyati qoniqarli deb baholandi, shuningdek, taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.

Saylangan 48 nafar delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga ikki nafar nomzod ko‘rsatildi. Yashirin ovoz berish asosida o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Malik Mullajonov qayta saylandi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi va taftish komissiyasi a’zolari saylandi, shuningdek, yuqori kasaba uyushmasi tashkiloti konferensiyasiga delegatlar tanlandi.

Muhokamalar davomida so‘nggi yillarda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati tamomila yangi bosqichga chiqqanligi ta’kidlandi. Jumladan:

Ish jarayonida vafot etgan xodimlarning oilalari doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Ustozlar va fidoiy xodimlarga doimiy e’tibor qaratilayapti.
Xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, shuningdek, sayohatlar tashkil etilmoqda.

Konferensiya delegatlarini kutib olish jarayonlari bayramona tarzda o‘tkazildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati bo‘yicha tayyorlangan 30 daqiqalik videorolik namoyish etildi, unda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘liq aks ettirildi.