[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. 2025-yil 11 fevral kuni Ta’lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi Guliston tumani bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi hamda kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyati qoniqarli deb topildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib O‘sarova Shahnoza Bo‘rievna, qo‘mita raisi o‘rinbosari etib esa Usmonova Muhabbat Bekto‘raevna ko‘pchilik ovoz bilan saylandilar. Qo‘mita a’zolari tarkibi hamda tuman tashkiloti konferensiyasiga delegat saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida ma’lumot berildi.