12.02.2025. Joriy yilning 11 fevral’ kuni Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri R. Jo‘raev, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M. Iminov, Samarqand MGQE rahbari S. Nematullaev va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Kun tartibidan o‘rin olgan bir qator tashkiliy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov davridagi faoliyati sarhisob qilindi.
Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi vazifasiga Shodiev Jumanazar Isaqulovich nomzodi xodimlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Shu bilan birga, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari saylandi.
So‘zga chiqqanlar hisobot davrida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni e’tirof etishdi. Yangi saylangan qo‘mita raisi va a’zolari oldida turgan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bir so‘z bilan aytganda, konferensiya ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.