12.02.2025. 2025 yil 10 fevral’ kuni Nukus shahrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yildagi bajarilishi tahlil qilindi hamda 2025 yil uchun jamoa shartnomasi bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi raisi jamoa shartnomalarining bajarilishi bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek, hisobot-saylov yig‘ilishi munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari 2020-2025 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etdilar. Kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan berilgan hisobotlar qoniqarli deb baholandi.
Yig‘ilish yakunida boshlang‘ich kasaba uyushmasining yangi raisi hamda a’zolari saylandi. Bu jarayon kasaba uyushmasining samarali faoliyat yuritishi va xodimlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishi kutilayapti.
Yig‘ilishda shahar bo‘linmasi kengashi raisi M. Daulbaev ham ishtirok etib, kasaba uyushmasining jamoa shartnomalarini bajarishdagi ahamiyati va xodimlarning manfaatlarini himoya qilishdagi faoliyati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilish Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun muhim ahamiyat kasb etib, kelgusi yillarda kasaba uyushmasi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi kutilayapti.
Nukus shahrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi