[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.02.2025. Bu yil kasaba uyushmalari hayotida muhim davr, ya’ni so‘nggi 5 yillik faoliyat sarhisob qilinadi. Barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinadi, faoliyatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarga urg‘u beriladi va ustuvor vazifalar belgilab olinadi.

Joriy yilning 11 fevral’ kuni Andijon viloyati Andijon shahar “Obodonlashtirish boshqarmasi” hamda Andijon shahar 5-son politexnikumida jamoa shartnomasining 2024 yil yakunlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining xisobot-saylov konfrensiyalari o‘tkazildi. Konfrensiya ishida O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi U.Muxamedov ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislarining 2020 yildan 2025 yil fevral’ oyiga qadar olib borgan faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisobotlari, shuningdek, kasaba uyushmasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi. Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalariga oid hisobotlar tasdiqlandi hamda ularning faoliyatiga tegishli baho berildi.

Konferensiyaning ikkinchi qismida vakolat muddatining tugashi munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va uning raisi, shuningdek, yuqori kasaba uyushmasi organlariga delegatlar saylandi.