13.02.2025. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari O. Ismoilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri E. Teshaboev hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali direktori S. Yusupov ishtirokida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida filial tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 45 nafar delegat ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh. Orinboevning 2020 yildan 2025 yil fevral’ oyiga qadar olib borgan faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti, shuningdek, kasaba uyushmasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi. Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga oid hisobot tasdiqlandi hamda uning faoliyatiga tegishli baho berildi.
Konferensiyaning ikkinchi qismida vakolat muddatining tugashi munosabati bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va uning raisi, shuningdek, yuqori kasaba uyushmasi organlariga delegatlar saylandi. Miqyoslik va yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda ko‘pchilik ovoz bilan Ziyaeva Og‘iloy Mashrapovna — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib saylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati