13.02.2025. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona “IEM” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda sex tashkilotlaridan saylangan 78 nafar delegatning barchasi ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari O.Ismoilov ishtirok etib, mamlakatimizda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi xususida alohida to‘xtaldi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra qo‘mitaning 5 yillik faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi. Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati qoniqarli baholanib, delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan «Farg‘ona issiqlik elektr markazi» kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga Otabek Millaboev qayta saylandi.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi hamda “IES” AJ birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi. Konferensiya yakunida kasaba uyushma tashkilotining kelgusidagi faoliyati yuzasidan ustovor vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati