[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.02.2025. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Madhiyalar bilan boshlangan konferensiyada sex tashkilotlaridan saylangan 43 nafar delegatdan 40 nafari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S. Yegamberdiev ishtirok etib, kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, bu yil kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida aytib o‘tdi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra qo‘mitaning 5 yillik faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi hamda yuqori tashkilotlarning qurultoy va konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan qo‘mita raisi etib Stasenko Valeriy Petrovich qayta saylandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati