13.02.2025. Qoraqalpog‘istonda “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada sex tashkilotlaridan saylangan 165 nafar delegatdan 147 nafari ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S. Yegamberdiev ishtirok etib, kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yilda kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida aytib o‘tdi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasining tarkibi va raislari hamda yuqori tashkilotning qurultoyiga delegatlar saylandi.
Muqobillik va yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda 82 ta ovoz bilan Tleymuratov Azamat Azatbaevich qo‘mita raisi etib saylandi.