[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

15.02.2025. “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi jamoasi xayrli tashabbusni boshladi.

Joriy yilda viloyat Kengashi jamoasi tomonidan yil dasturi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar rejasida “Yashil makon” umummilliy harakatida munosib faoliyat yuritish rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun jamoaning barcha ishchi-xodimlari viloyatning cho‘l hududiga kiruvchi Konimex tumaniga yo‘l olishdi.

“Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish”ni maqsad qilgan jamoa a’zolari kun davomida Konimex tumani hokimligi tomonidan kasaba uyushmalariga ajratilgan yer maydoniga 4 ming dona soksovul ko‘chatini ekish tadbirida faol ishtirok etdi.

Biz ekkan ko‘chatlar hademay o‘lkamizga o‘zining munosib tarovati bilan eshik qoqadigan bahor fasli bilan uyg‘unlashib boradi. Negaki, suvsizlikka chidamli soksovul ko‘chatlari havoning issiq kunlarigacha ona yerning issiq taftiga o‘rnashib oladi.

Darhaqiqat, ezgu ish qilish har bir insonga yarashadi va ushbu tashabbusni jamoa bilan birgalikda bajarishning o‘ziga xos zavqi bor.

Hurmatli kasaba uyushmalari a’zolari, barchangizni ushbu loyihada faol ishtirok etishga chorlaymiz!