[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

17.02.2025. Joriy yilning 14 fevral’ kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida “Ikki buyuk daho, ikki bebaho” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati xodimlari, Toshkent shahar kasaba uyushmasi raisi va xodimlari, kasaba uyushmasi faollari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ibratli hayoti, shaxsiy namuna bo‘luvchi fazilatlari, asarlaridagi odob-axloq, ota-ona hamda farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat masalalari, vatanga sadoqat va odamiylik tushunchalarining yorqin ifodasi haqida fikr bildirdi.

Tadbir yakunida ishtirok etgan barcha faol talabalarga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.