[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

19.02.2025. Joriy yilning 18 fevral’ kuni “Navoiy suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti hisobot-saylov III konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakili Boboyorov Maxmud Hamidovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Isoqov Normurod Isroilovich, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi raisi Yuldasheva Nargiza Ikromovna taklif etildi.

“Navoiy suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti hisobot-saylov III konferensiyasi O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi ustaviga va “O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq o‘z ishini boshladi.

“Navoiy suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlariga baho berilib, kelgusida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Saylov muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.