[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.02.2025. “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan Bosh mehnat huquq inspektori Boburmirzo Abdullaev, Bosh yuriskonsul’t Ibrohim Isoqov, mehnat huquq inspektori Alisher Imomov, “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shonazar Ahmedov, Andijon viloyat kasaba uyushmalari viloyat kengashi ijtimoiy bo‘lim mudiri Ergashboy Teshaboev, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali direktor o‘rinbosari — bosh muhandis Xurshidbek Qodirov va taklif etilgan delegatlar ishtirok etdilar.

Kun tartibidan o‘rin olgan bir qator tashkiliy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan faoliyati, ish beruvchi vakili hamda Taftish komissiyasi hisobotlari tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobotlar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. So‘zga chiqqanlar hisobot davrida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilingan ishlarga yuqori baho berdilar. Konferensiya davomida “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Shuningdek, filial boshlang‘ich tashkiloti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolarining saylovi o‘tkazildi. Saylov “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida o‘tkazildi. Konferensiya davomida hisobot-saylov jarayonlari, qo‘mita a’zolarini saylash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda komissiya a’zolarining vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalariga saylovlar bu yildan yangicha tizimda olib borilmoqda”, — deydi O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Bosh yuriskonsul’ti Ibrohim Isoqov. “Bunda muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yangi rais saylanishi belgilab berilgan. Bugun ham mana shu talablar asosida filial kasaba uyushma qo‘mitasi raisi saylandi.”

Saylov natijalariga ko‘ra, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulchehraxon Mamatxo‘jaevaga ishonch bildirilib, u qayta saylandi. So‘ngra kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasiga ikki nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar muhokama qilindi hamda filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.